Research indexJournal article
РАСПРОСТРАНЕНИЕ ПИОМЕТРЫ У КОШЕК РАЗНЫХ ПОРОД, ЭТИОЛОГИЯ, ТЕРАПИЯ И ПРОФИЛАКТИКА
Romanovna
Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research)27 May 2025Open access
NobleIDark:/48914/w1/20260525/7F88946EDOI10.5281/zenodo.15525775
РАСПРОСТРАНЕНИЕ ПИОМЕТРЫ У КОШЕК РАЗНЫХ ПОРОД, ЭТИОЛОГИЯ, ТЕРАПИЯ И ПРОФИЛАКТИКА
Romanovna · Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research) · 2025
NobleIDark:/48914/w1/20260525/7F88946EDOI10.5281/zenodo.15525775
Free to read at the publisher
You can read the abstract here, or the full text at the publisher.
Abstract
Mushuklarda piometr kasalligining tarqalishi, kelib chiqish sabablari, tashxislash usullari va davolash yo‘llarini o‘rganish, shuningdek, ushbu kasallikning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Tadqiqot davomida reproduktiv tizim kasalliklariga gumon qilingan turli yosh va zotga mansub 7 ta mushuk tekshiruvdan o‘tkazildi. Ulardan 4 ta holatda piometr tashxisi qo‘yilgan bo‘lib, bu umumiy tekshirilgan hayvonlarning 57% ni tashkil qiladi, shuningdek, yondosh kasalliklar ham aniqlangan: 15% - sut bezi o‘smasi, 15% - patologik tug‘ruq, 15% - tuxumdon polikistozi, 15% - endometrit, 43% holatda - sog‘lom hayvonlar. Qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlari bo‘yicha hayvonlarda piometraga xos bo‘lgan quyidagi o‘zgarishlar kuzatildi, ya’ni leykotsitoz (1 mkl da 20-50 ming hujayra va undan yuqori), leykotsitar formulaning chapga siljishi va qondagi mochevina miqdorining 40 - 280 mg% gacha oshishi xosdir.